Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 202-10-08

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Xodimning huquqlari tiklanib, o'z vazifasiga qaytarilishida amaliy yordam berildi.


Xodimning huquqlari tiklanib, o'z vazifasiga qaytarilishida amaliy yordam berildi.

Jalaquduq tuman adliya bo'limiga fuqaro D.U. o‘zining noqonuniy mehnat shartnomasi bekor bo'lganligi va ish joyiga tiklanish yuzasidan amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan.

Tuman adliya bo'limi tomonidan murojaatni o‘rganish davomida 2025-yil 5-sentabrdagi xodimga "Hayfsan" intizomiy jazosini qo‘llash haqidagi buyruqni qabul qilinishida tuman Mudofa ishlari bo‘limi boshlig'ining o'rinbosari QK xizmatchisi K.Yuldashevning 2025-yil 5-oktabr kunidagi №837-sonli bildirgisi asos qilingan.

Ushbu bildirgi 2025-yilning 5-oktabr kunida emas balki 5-sentabr kuni yozilgan bo‘lib, bildirgi xodimlarni (shu jumladan D.Umatqulovni ham) intizomiy jazoga tortish haqida bo‘lmaganligi aksincha shaxsiy tarkibni 2026-yilgi chaqiruv mavsumiga chaqiriluvchilarni tibbiy ko‘rikka saralash vazifalarini sidqidildan bajarganliklari uchun rag‘batlantirish mazmunida ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan adliya bo'limi tomonidan ish beruvchiga qonunchilikka muvofiq xodimning huquqlarini tiklash yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnoma kiritildi hamda fuqaro D.U. o‘z ish joyiga qaytishi ta'minlandi.

Andijon viloyat adliya boshqarmasi