Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 202-10-08

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Adliya aralashgach


Yakuniy hisob kitob ishlari amalga oshirilmagan shifokorlarning kompensatsiya pullari to'lab berilishi ta'minlandi.

Marhamat tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli muassasalarda ishlagan fuqarolar Z.O'. va M.Y.  ishdan boʻshash vaqtida foydalanilmay qolgan mehnat taʼtillari uchun kompensatsiya pullari to‘lab berilmaganligidan norozi bo‘lib Marhamat tuman adliya bo'limiga murojaat qiladi. 

Tuman adliya bo'limi tomonidan murojaat o'rganilganda, mazkur fuqarolarga ishlagan davri uchun foydalanilmagan mehnat taʼtillari uchun yakuniy hisob kitob ishlari amalga oshirilmaganligi aniqlandi. 

Bu holat yuzasidan tuman tibbiyot birashmasiga bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnoma kiritildi. 

Natijada, ushbu fuqarolarga ish beruvchi tomonidan to'lanmay qolgan 34 556 000 so‘m miqdorida kompensatsiya pullari toʻlab berilishi taʼminlandi.

Andijon viloyat adliya boshqarmasi