Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 202-10-08

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Rasmiy munosabat!


Rasmiy munosabat !!!

11.03.2026-yil sanasida "BASTION" telegram kanali orqali Andijon shahar FHDY bo'limida ishchi soni kamligi yuzasidan janjal chiqayotganligi yuzasidan yo'llangan murojaa o'rganib chiqildi.

Mazkur holat boshqarma mutaxassislari tomonidan tezkorlik bilan o‘rganib chiqildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra:

Navbat masalasi: Andijon shahar FHDY bo‘limida xizmat ko‘rsatish jarayoni to‘liq "Q-matic" elektron navbat qurilmasi orqali tartibga solinganligi va xizmatlar navbat asosida ko‘rsatilayotganligi aniqlandi;

Intizom: Bo‘lim mudiri va barcha xodimlar ish joyida ekanligi, o‘z xizmat vazifalarini bajarish bilan bandligi hamda mehnat va ijro intizomi talablari buzilmaganligi tasdiqlandi.

Fursatdan foydalanib, fuqarolarga eslatib o‘tamiz:

Eksterritoriallik: Bugungi kunda FHDY sohasidagi deyarli barcha xizmatlar elektron shaklga o‘tkazilgan bo‘lib, fuqarolar o‘zlariga qulay bo‘lgan istalgan hududdagi (eksterritorial) FHDY bo‘limlari orqali yohud YIDXP orqali FHDY bo'limlariga tashrif buyurmagan holda xizmatlardan foydalanishlari mumkin.

Masofaviy murojaat: FHDY tizimi bilan bog‘liq muammolarni (masalan, oila tarkibini to‘g‘rilash va h.k.) bo‘limga kelmagan holda hal etish uchun boshqarmaning Telegram’dagi @FHDYgamurojatbot manzili doimiy faoliyat ko‘rsatmoqda.

Andijon viloyat adliya boshqarmasi davlat xizmatlari ko‘rsatishda shaffoflik va qulaylikni ta’minlash borasidagi jamoatchilik nazoratini doimo qo‘llab-quvvatlaydi.