Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 202-10-08

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

MATBUOT ANJUMANI O'TKAZILDI !!!


Adliya boshqarmasida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Andijon viloyat adliya boshqarmasida jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar ishtirokida 2025-yil yakuni doirasida amalga oshirilgan ishlar adliya boshqarmasi tomonidan norma ijodkorligi va huquqni qo'llash amaliyoti bo'yicha olib borilgan islohotlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Anjumanda, boshqarma mas’ullari tomonidan hududda qonunchilikni takomillashtirish, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va ularning ijrosini ta’minlash shuningdek, sho'balar faoliyati borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 05.01.2026-yildagi PQ-1 sonli qarori, FHDY, advokatura va notariat hamda intelektual mulk huquqlari himoyasi, aholining huquqiy madaniyatini oshirish, davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifatini yaxshilash hamda fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash yo‘nalishlarida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar alohida ta’kidlab o‘tildi.

Matbuot anjumani yakunida, jurnalistlar va blogerlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mas'ullardan batafsil javoblar oldilar. Shuningdek, adliya organlari amaliyotida ommaviy axborot vositalari vakillari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash, aholiga tezkor va ishonchli huquqiy axborot yetkazish muhimligi qayd etildi.

Andijon viloyat adliya boshqarmasi