Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 202-10-08

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Adliya aralashuvi bilan xonadoniga quyosh panellari o‘rnatgan 142 nafar fuqarolarga soliq imtiyozi qo‘llaniladigan bo‘ldi.


Adliya aralashuvi bilan xonadoniga quyosh panellari o‘rnatgan 142 nafar fuqarolarga soliq imtiyozi qo‘llaniladigan bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi PQ-57-sonli qaroriga asosan aholi xonadonlarida kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbaаlari qurilmalarini oʻrnatish vazifalari belgilangan. 

Tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra Buloqboshi tumanida istiqomat qiluvchi 142 ta aholi xonadonlariga qayta tiklanuvchi energiya manbalari (quyosh panellari) o‘rnatilganligi, biroq mazkur xonadonlardagi fuqarolarga qonunchilikda belgilangan soliq imtiyozlari qo‘llanilmay kelinayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Soliq kodeksining 421-436-moddalariga asosan uy-joy fondining ko‘chmas mulk obyektlarida umumiy quvvati 100 kVtgacha bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar uchun soliq summasi qayta tiklanuvchi energiya manbalar qurilmalari o‘rnatilgan oydan e’tiboran uch yil davomida, quyosh panellari quvvatidan 25 foizdan kam bo‘lmagan quvvatga ega elektr energiyasini to‘plash tizimi mavjud bo‘lgan quyosh panellari o‘rnatilganda esa mazkur panellar foydalanishga topshirilgan oydan e’tiboran o‘n yil davomida bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan oshmaydigan summaga kamaytiriladi. Ushbu imtiyoz energiya ta’minoti tashkiloti tomonidan jismoniy shaxsning qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishi to‘g‘risida berilgan ma’lumotnomaga asosan uy-joy fondining bitta ko‘chmas mulk obyektiga nisbatan faqat bir marotaba taqdim etiladi va jismoniy shaxs tomonidan umumiy quvvati 1 kVtdan ortiq bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya qurilmalari o‘rnatilgan taqdirda qo‘llaniladi. 

Holat yuzasidan tuman adliya bo'limi tomonidan soliq imtiyozini qo‘llash bo‘yicha tuman Soliq inspeksiyasiga taqdimnoma kiritilib, natijada 142 nafar fuqarolarga soliq imtiyozi qo‘llanilishiga erishildi.

Jumladan, adliya bo'limi tomonidan o'tkazilgan monitoring davomida Buloqboshi tumanida yashovchi fuqaro I.R.ga 1 325 000 so'm hamda P.K.ga 1 245 000 so'm yer va mol-mulk soliq imtiyozi qo'llanilmaganlik holati aniqlanib, adliya bo‘limi aralashuvi bilan ushbu xonadonlarga soliq imtiyozi qo‘llanilishi ta'minlandi.

Andijon viloyat adliya boshqarmasi