Янгиликлар
Rasmiy munosabat!
Rasmiy munosabat !!!
Fuqaro tomonidan “Soyalar xabari” telegram ijtimoiy tarmog’i orqali Andijon shahardagi 1-umumta’lim maktabi direktori lavozimiga tayinlangan shaxsning ish staji ushbu lavozimga yetarli ekanligi yoki yo‘qligi yuzasidan yo‘llagan murojaati bo‘yicha quyidagilar ma’lum qilinadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat koʻrsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5168-son qaroriga asosan 2022-yil 1-avgust sanasidan viloyatdagi barcha umumta’lim maktablarining barcha yuridik tusdagi hujjatlari tuman (shahar) adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tominidan huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishi belgilangan. Bunga qadar faqatgina tuman (shahar) yurist shtat briliklari qisqartirilib ushbu vazifa YHKMlarga yuklatilgan bo‘lsada, viloyat darajasidagi davlat organlari, tashkilot va muassasalarning yurist shtat birliklari saqlanib qolingan va bu yuzasidan adliya organlari viloyat darajasidagi tashkilotlarga xizmat ko‘rsatmaydi.
Shunga ko‘ra, bugungi kunda tuman (shahar) larda faoliyat yuritayotgan umumta’lim maktablari direktolarining “ish beruvchi” lari viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshliqlari hisoblanganligi va bunda maktab direktorlarini ishga qabul qilish ularning vakolati ekanligi ma’lum qilinadi.