Янгиликлар
18
FUQAROGA ASOSSIZ HISOBLANGAN SOLIQ QARZDORLIGI BARTARAF ETILDI.
❗️FUQAROGA ASOSSIZ HISOBLANGAN SOLIQ QARZDORLIGI BARTARAF ETILDI.
????Asaka tuman adliya bolimi tomonidan tumanning Fayzaobod MFY da yashovchi fuqaro J.Umarovning nomida uy-joy bolmasada, unikal kadastr raqami birikib qolganligini, buning hisobiga soliq hisoblanganligidan norozi bolib yollagan murojaati o'rganildi.
✅Murojaatni organish davomida, murojaat muallifini nomiga Asaka tumani, Fayzaobod MFYda joylashgan amaldagi yer maydoni 973,2 m3 bolgan yakka tartibdagi uy-joy biriktirilgan va natijada jami 4 mln. 791 ming 248 som 15 tiyin mol-mulk va yer soligi hisoblanganligi sababli turar-joy uchun yer va mol-mulk soligini bartaraf etish uchun Kadastrlar palatasi Asaka tuman bolimi boshligi nomiga 01.04.2026 yil kuni taqdimnoma kiritildi.
✅ Taqdimnoma muhokamasiga kora, murojaatda korsatilgan holatlarni bartaraf etilishi hamda tuman soliq inspeksiyasining 15.04.2026-yildagi xatiga asosan, soliq qarzdorligini bartaraf etilishi taminlandi.
???? Andijon viloyat adliya boshqarmasi