Янгиликлар
13
QONUNCHILIKDAGI YANGILIK!!!
Xorijda o‘qish uchun grant yutgan davlat fuqarolik xizmatchilarining ish o‘rinlari saqlash taklif etilmoqda.
Bu bo‘yicha qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi (https://t.me/qonunchilikpalatasi/35527).
Qonun loyihasiga ko‘ra:
➖ Davlat xizmatchisi nufuzli xorijiy ta’lim muassasasiga magistratura yoki doktoranturada o‘qish bo‘yicha grant yutganda, ish beruvchining yozma roziligi asosida uning ish o‘rni (lavozimi) saqlanadi;
➖ Ish beruvchi tomonidan rozilik berishda o‘quv dasturining yo‘nalishi ushbu davlat organi faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lishi inobatga olinadi;
➖ O‘quv dasturi yakunlangach, davlat fuqarolik xizmatchisi zimmasiga tegishli davlat organi tizimida xorijda tahsil olish davriga teng muddatga ishlab berish majburiyati yuklanadi;
➖ Shuningdek, davlat fuqarolik xizmatchisining xorijda o‘qish davri uning mehnat stajiga qo‘shib hisoblanadi, ko‘p yillik xizmati uchun har oylik ustama belgilashda inobatga olinadi.