Янгиликлар
10
Adliya aralashgach
Maktab o'qituvchisiga moddiy yordam pullarini to'lash kechiktirilganligi uchun hisoblangan kompensatsiya puli undirib berildi.
Oltinko'l tuman adliya bo'limi adliya bo`limi tomonidan fuqaro B.I.ning tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan moddiy yordam berish to'g'risidagi buyruqqa asosan to'lovlar to'lanmayotganidan norozi bo'lib yo'llagan murojaati o'rganib chiqildi.
Murojaatni o'rganish davomida fuqaro B.Ibragimova Oltinko‘l tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 25-sonli umumta’lim maktabida o'qituvchi lavozimida faoliyat yuritishi, turmush o'rtog'ining vafoti munosabati bilan xodimga moddiy yordam berilishi haqida maktab direktorining tegishli buyrug'i rasmiylashtirilgan.
Lekin 2025-yil 15-avgust sanasidan hozirgi kunga qadar o'qituvchi B.I.ga tegishli to‘lovlar amalga oshirilmasdan kelinayotganligi aniqlandi.
Ushbu murojaat yuzasidan adliya bo'limi tomonidan to'lovlar kechiktirilganligi sababli kompensatsiya undirish yuzasidan uning manfaatlarini ko'zlab sudga da'vo arizasi kiritilib, sud tomonidan da'vo to‘liq qanoatlantirildi hamda xodim foydasiga 9 mln 666 ming so‘m to‘lovlarni kechiktirganlik uchun hisoblangan kompensatsiya puli to'lab berilishi belgilanishiga erishilindi.
Andijon viloyat adliya boshqarmasi