Янгиликлар
26
Ochiq eshiklar kuni tadbir o'tkazildi
Yoshlar — kelajagimiz bunyodkorlari !!!
O‘zbekistonda har haftaning payshanba kuni rasman “Yoshlar kuni” sifatida belgilanishi — bu shunchaki sana emas, balki yosh avlod taqdiriga befarq bo‘lmagan yuksak e’tibor va ishonch ifodasidir. Ushbu tashabbus orqali vazirlik va idoralar, hokimliklar hamda tashkilotlar yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini tinglash va amaliy yordam ko‘rsatishni ustuvor vazifa sifatida belgilamoqda.
Shu ezgu maqsad yo‘lida, Andijon tuman adliya bo‘limida tumandagi Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti "Yurisprudensiya" yo'nalishi 4-kurs talabalari ishtirokida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida o‘quvchilar adliya organlari faoliyati, huquqiy sohadagi imkoniyatlar va kelgusidagi kasbiy yo‘nalishlar haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Uchrashuv ochiq muloqot va savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan aniq va tushunarli javoblar oldilar.