Янгиликлар
26
Ochiq eshiklar kuni tadbir o'tkazildi
"Yoshlar kuni" tadbiri o'tkazildi.
Davlatimiz rahbari tomonidan haftaning har payshanbasi etib belgilangan «Yoshlar kuni» doirasida Boʻston tuman adliya bo'limi tashabbusi bilan tumandagi uyushmagan yoshlar bilan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.
Shuningdek, uyushmagan yoshlar uchun tuman tashkilotlari bilan hamkorlikda yoshlar bilan uchrashuv hamda tashkil etilgan sayyor qabul davomida mehnat yarmarkasi tashkil qilindi.
Uchrashuv davomida Davlatimiz tomonidan yoshlarga berilayotgan imtiyozlar, ayniqsa, ta’lim va tadbirkorlik yo‘nalishidagi yengilliklar, imtiyozli kredit, grantlar haqida, yoshlar jinoyatchilik va huquqbuzarliklardan yiroq bo‘lishlari bo‘yicha samimiy suhbatlashildi.
Shuningdek, adliya bo'limi ma'sul xodimlari tomonidan tizim faoliyati bo‘yicha ma'lumotlar berildi va yoshalarni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.