Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 202-10-08

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Ochiq eshiklar kuni tadbir o'tkazildi


Oltinkoʻl tumanida yoshlar uchun "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri o'tkazildi.

Davlatimiz rahbari tomonidan haftaning har payshanbasi etib belgilangan «Yoshlar kuni» doirasida Oltinkoʻl tuman adliya bo'limi tashabbusi bilan tumandagi maktab yoshlari va uyushmagan yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.

Uchrashuv davomida Davlatimiz tomonidan yoshlarga berilayotgan imtiyozlar, ayniqsa, ta’lim va tadbirkorlik yo‘nalishidagi yengilliklar, imtiyozli kredit, grantlar haqida, yoshlar jinoyatchilik va huquqbuzarliklardan yiroq bo‘lishlari bo‘yicha samimiy suhbatlashildi.

Shuningdek, adliya bo'limi mas'ul xodimlari tomonidan tizim faoliyati bo‘yicha ma'lumotlar berildi va yoshalarni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.