Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 202-10-08

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Ochiq eshiklar kuni tadbir o'tkazildi


Buloqboshi tuman adliya bo'limi tomonidan tumandagi 4-umumta'lim maktabi bitiruvchi sinf o'quvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.

Uchrashuvda yoshlarga berilayotgan imtiyozlar, ta’lim va tadbirkorlik yo‘nalishidagi yengilliklar, iqtidorli qizlarga ijtimoiy tarmoqlarda o‘zlarining ilmiy, ijodiy yoki ijtimoiy faoliyatlarini to‘g‘ri va ta’sirchan yoritish, shaxsiy brendni shakllantirish, qizlarning jamiyat oldida o‘z fikrini dadil va argumentlar bilan himoya qila olish ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar, ayollar va bolalar huquqlarini ishonchli taʼminlash, har qanday tazyiq va zoʻravonlikdan qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishga oid tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, adliya bo'limi ma'sul xodimlari tomonidan tizim faoliyati, vazifalari va xizmat ko‘rsatish jarayonlari bo‘yicha ma'lumotlar yetkazilib, yoshalarning qiziqtirgan savollariga huquqiy asoslangan javoblar berildi.