Янгиликлар
09
Izboskanda "Yoshlar kuni" tadbiri o'tkazildi.
❗️"Yoshlar kuni" tadbirlari doirasida Izboskan tumanida istiqomat qiluvchi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
✅ Davlat rahbari tomonidan mamlakatimizda har haftaning payshanba kunini vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni”ni o'tkazish va yoshlar bilan manzilli ishlashning yangi mehanizmlari sifatida o'tkazilishi belgilab berilganligi munosabat bilan Izboskan tuman Solboshi MFYda viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i O.Bozarov tomonidan hududda istiqomat qiluvchi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
✅ Uchrashuv davomida, dastlab mahalla yettiligi, so'ng yoshlar bilan norasmiy suhbat o'tkazilib, ularning taklif va tashabbuslari tinglandi. So'ng yoshlarni qiynab kelayotgan muammolari, kelgusi faoliyatlari yuzasidan qiziqtirgan savollariga javoblar berildi. Bunda jami 9 nafar yoshlarning turli yo'nalishdagi murojaat va takliflari tinglanib, 8 tasi bo'yicha tegishli ish yurituvga olinishi ta'minlandi.
✅ Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv yakunida yoshlar tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, o'z ustilarida muntazam ravishda ishlashlari lozimligi hamda kelgusida ham bunday muloqotlarni muntazam tashkil etib borish muhimligi ta’kidlandi.