Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 202-10-08

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

"E'tirof" aksiyasi bo'yicha keng qamrovli huquqiy tushuntirish ishlari olib borilmoqda


Ulug'nor tumani Nurobod MFYda "E'tirof" aksiyasi bo'yicha keng qamrovli huquqiy tushuntirish ishlari olib borildi.

Ulug'nor tuman adliya bo'limi tomonidan olis Nurobod mahallasining Bahavo ko'chasida "O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi Qonun bo'yicha qo'shimcha tushuntirish ishlari olib borildi.

Xususan, mahalladagi 30 dan ortiq xonadonlar egalariga aksiyaning mazmun-mohiyati, uy-joylarga kadastr hujjatlarining rasmiylashtirilishi mexanizmi hamda Qonunda belgilangan va "E'tirof" dasturida shakllangan to'lovlarning to'lanishi lozimligi haqidagi ma'lumotlar batafsil yetkazildi. Natijada, 10 nafarga yaqin fuqarolar tomonidan Qonunda belgilangan bir martalik to'lovlarning to'lanishi ta'minlandi.