Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 202-10-08

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Andijonda adliya bo‘limi faoliyati e'tirofda.


Ulug‘nor tumani adliya bo‘limida aholiga huquqiy xizmatlarni yanada yaqinlashtirish va fuqarolar muammolarini joyida hal etish maqsadida mahalla "yettiligi" bilan samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu hamkorlik natijasida huquqiy maslahat berish hamda aholini qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

Navbatdagi o‘rganishlar davomida uzoq yillar davomida hech qanday shaxsiy hujjatga ega bo‘lmagan fuqaro aniqlandi. Adliya bo‘limi tomonidan tegishli davlat idoralari bilan hamkorlikda huquqiy va amaliy ko‘mak ko‘rsatilib, zarur hujjatlar rasmiylashtirildi.