Янгиликлар
13
E'LON !!!
❗️ Andijonda 100 ta yangi brend loyihasi.
➡️ Andijon viloyatida 100 ta yangi milliy brendni yaratish va rivojlantirishga qaratilgan maxsus loyiha start olmoqda.
???? Sana: 20-avgust kuni;
⏰Boshlanish vaqti: 09:00.
✅ Loyiha doirasida siz quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lasiz:
⏺️ Brend yaratish va rivojlantirish bo‘yicha treninglar;
⏺️ Brend identifikatsiyasini shakllantirish bo‘yicha mutaxassislar tavsiyalari;
⏺️ Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha bepul maslahatlar;
⏺️ Mahalliy va xalqaro ekspertlar bilan bevosita muloqot;
⏺️ Biznesingizni milliy hamda xalqaro bozorga olib chiqish bo‘yicha yo‘riqnomalar.
???? Agar siz ham o‘z brendingizni yaratmoqchi yoki rivojlantirmoqchi bo‘lsangiz, ushbu loyiha aynan siz uchun!
✅ Tadbirda:
⏺️ Adliya vazirligi intellektual departamenti mutaxasislari;
⏺️ Intellektual mulk markazi ekspertlari;
⏺️ Tovar belgilari uyushmasi vakillari;
⏺️ Mahalliy brend egalari, dizaynerlar hamda baholovchi tashkilotlar mutaxassislari ishtirok etadi.
???? Manzil: Andijon shahar Boburshoh ko'chasi 56-uy. Andijon davlat texnika instituti binosi.
???? Andijon viloyat adliya boshqarmasi