Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 202-10-08

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

TANLOV O'TKAZILDI


Andijonda “Adliya ayoli” tanlovining saralash (dastlabki) bosqichi bo‘lib o‘tdi.

➡️ Mazkur tanlovda tizimda faoliyat olib borayotgan 13 nafar xotin-qizlar ishtirok etdi. Tanlov ikki bosqichdan iborat bo‘lib, har bir ishtirokchining bilim saviyasi, qonunchilik sohasidagi takliflari va tashabbuskorligi atroflicha baholandi.

✅ Birinchi bosqichda qatnashchilarga huquqiy mavzularga oid 30 ta test savoli taqdim etilib, ishtirokchilar tomonidan amaldagi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan dolzarb va asosli takliflari ikkinchi shartda sinovdan o'tkazildi.

Tanlov natijalariga ko‘ra:

???? 1-o'rinni - Rustamova Oysaraxon O'ktamovna - Baliqchi tuman FHDY bo'limi mudirasi;
???? 2-o'rinni - Mamadaliyeva Muxlisaxon Azimjon qizi - Buloqboshi tuman FHDY bo'limi inspektori;
???? 3-o'rinni - Turg'unova Zebiniso Ravshanovna - Andijon viloyat arxivi arxivchisi egalladi.

✅ Viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati tanlov g'oliblarini samimiy muborakbod etib, Respublika bosqichiga yo'l olgan Rustamova Oysaraxon O'ktamovnaga keyingi bosqichda omad tilab qoladi.

???? Andijon viloyat adliya boshqarmasi