Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 202-10-08

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

E'LON !!!


Andijonda o'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga bo'lgan mulk huquqi e'tirof etilgan fuqarolarning soni rasman 15 348 nafarga yetdi.

Xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq, yigirma ikkinchi sessiyasida yana 2 554 nafar fuqaroning mulk huquqi e'tirof etildi.

Bir necha yillar davomida ushbu muammodan a'ziyat chekkan 7 918 nafar andijonlik fuqarolarning mulkiy huquqlari birgina joriy yilning avgust oyi davomida e'tirof etilganligi alohida ahamiyatlidir.

Qonun ijrosi natijasida fuqarolar va tadbirkorlarining mulklari qonuniylashtirilib, fuqarolar o‘rtasidagi mulkiy nizolar, shu jumladan meros bilan bog‘liq nizolarga yechim topiladi, hududlarni rivojlantirish bilan bog‘liq hujjatlarni ishlab chiqishdagi muammolar kamayadi, bozorda qonuniy kapital aylanmasi paydo bo‘ladi, eng muhimi aholining kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Andijon viloyat adliya boshqarmasi