Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 202-10-08

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Rasmiy munosabat!


Joriy yilning 26-iyun sanasida fuqaro tomonidan “Soyalar Xabari” telegram kanali orqali 2025-yil aprel oyida sud hukmi bilan muayyan xuquqdan mahrum qilingan shaxsga yana rahbarlik lavozimiga adliyaning ijobiy xulosasi berilganligi aks etgan murojaat viloyat adliya boshqarmasi mas’ullari tomonidan o‘rganib chiqildi.
Aniqlanishicha, 2025-yil 4-yanvarda Andijon tumani 29-IDUM direktorining ma’naviy-marifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Bo‘riboyeva Tabassum Fazliddinovna bilan tuzilgan mehnat shartnomasi oʻz arizasiga asosan 2025-yil 3- yanvardan bekor qilish haqidagi 1-1-16-DUM/2025-sonli buyruq huquqiy ekspertizadan o‘tkazilib, rasmiylashtirilgan.
Keyinchalik 2025-yil 18-sentabrda Bo‘riboyeva Tabassumxon Fazlidinovna Andijon tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 19-umumiy o'rta ta'lim maktabiga kasbi bo‘yicha Jismoniy tarbiya fani o'qituvchisi lavozimiga ishga qabul qilish haqida buyruq va mehnat shartnoma Andijon shahar adliya bo‘limi YHKM xodimiga kelib tushgan bo’lib, mas’ul xodim ilova hujjatlarga muvofiq, T.Bo'riboyevani Oʻzbekiston Respublikasining 01.02.2024-yildagi O‘RQ-901-son “Pedagogning maqomi toʻgʻrisidagi ”Qonunining 15-moddasiga asosan noloyiq topgan holda, loyihaga salbiy xulosa bergan.
Shuningdek, 2025-yil 20-oktabr sanasida Bo‘riboyeva Tabassumxon Fazlidinovnaning Andijon tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limiga kasbi bo‘yicha Andijon tumani 9-umumiy o‘rta ta'lim maktabi psixologi lavozimiga 1.0 stavkada ishga qabul qilish haqidagi mehnat shartnoma va buyurq loyihasiga Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-dekabrdagi 867-son qaroriga asosan, psixolog lavozimi mutaxassis xodimlar qatorida ko‘rsatilganligi sababli qonuniy tarzda ijobiy hulosa berilganligi ma’lum qilinadi.