Янгиликлар
02
Rasmiy munosabat!
Joriy yilning 2-sentabr sanasida fuqaro X.D. tomonidan instagram ijtimoiy tarmoqda nikohdan ajraganlik haqidagi dalolatnoma yozuvini rasmiylashtirish yuzasidan, arizani rasmiylashtirish uchun 66 000 so’m pul mablaglari undirilishi aks etgan murojaat viloyat adliya boshqarmasi masʼullari tomonidan o‘rganib chiqildi.
Aniqlanishicha, fuqaro Andijon tumanlararo sudining tegishli hal qiluv qarorini taqdim qilgan. Andijon shahar FHDY bo‘limi xodimlari tomonidan nikohdan ajralishni qayd etish to‘g‘risidagi ariza rasmiylashtirilgan.
Shuningdek, fuqaroning shaxsiy telefon raqamiga to‘lovni amalga oshirish uchun tegishli miqdorda gerb yig’imi haqida va ariza yozishga yordam berganlik uchun pullik xizmati haqida invoyslar yuborilgan.
Fuqaro tomonidan tolovlar amalga oshirilgandan so’ng Andijon shahar FHDY bolimi tomonidan 2026-yil 2-sentyabr kuni nikohdan ajraganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi qayd etilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktyabrdagi 550-son qarori bilan tasdiqlangan “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari to‘g‘risida”gi Nizomning 13-band, 3-xatboshiga asosan FHDY organlari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda Vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan jismoniy shaxslarga ko‘rsatiladigan pulli xizmatlar ro‘yxatlariga muvofiq fuqarolarga pulli xizmatlar ko‘rsatish huquqiga ega.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2025-yil 23-iyuldagi “Davlat xizmatlari markazlari hamda Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan pullik xizmatlar ko‘rsatish tartibni takomillashtirish haqida”gi 259-um son buyrug‘i bilan fuqarolarga pullik xizmat ko‘rsatish tartiblari belgilangan.
Yuqoridagilarga ko‘ra, Andijon shahar FHDY bo‘limi tomonidan fuqaroga xizmat ko‘rsatishda amaldagi qonunchilik normalariga rioya etilganligi maʼlum qilinadi.