Янгиликлар
10
Yangilik!!!
Andijonda tadbirkorlarning huquqlari himoya qilinishi ta'minlandi.
Andijon viloyat adliya boshqarmasiga YTT rahbari tomonidan Xo‘jaobod tuman soliq inspeksiyasi tomonidan qo‘llanilgan moliyaviy jarimani bekor qildirish yuzasidan murojaat qilgan.
Mazkur murojaat o‘rganib chiqilib, Andijon viloyat adliya boshqarmasi tomonidan YTT manfaatlarini ko‘zlab, Andijon tumanlararo ma’muriy sudiga shikoyat arizasi kiritilgan.
Xususan, sud tomonidan ish materiallari hamda taqdim etilgan dalillar atroflicha o‘rganilib, viloyat adliya boshqarmasining shikoyat arizasidagi talablarini qanoatlantirish to‘g‘risida hal qiluv qarori chiqarildi.
Ushbu qarorga asosan, Xo‘jaobod tuman soliq inspeksiyasining YTTga nisbatan 8 060 000 so‘m miqdorida moliyaviy jarima qo‘llash haqidagi qarori haqiqiy emas deb topilishi ta'minladi.
???? Andijon viloyat adliya boshqarmasi