Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 202-10-08

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Rasmiy munosabat


Joriy yilning 25-oktabr sanasida fuqaro tomonidan soyalar xabari" telegram kanali orqali yo'llagan murojaat adliya boshqarmasi tomonidan o'rganib chiqildi.
Adliya boshqarmasi tomonidan 2026-yil iyun oyida Andijon viloyat hokimi nomiga sobiq “Mejkolxoz” Soveti ishchi-xizmatchilari va ularning oila a’zolari nomidan fuqaro O.Xasanov va boshqalarning yozgan murojaati o‘rganib chiqilgan.  
Xususan murojaatda, Andijon shahar, Bog‘ishamol dahasi hududidagi sobiq “Mejkolxoz” Soveti ishchi-xizmatchilari va ularning oila a’zolariga bog‘dorchilik-uzumchilik uyushmasi tashkil etish uchun ajratib berilgan 5 gektar yer maydonini “Qurbonov Ismoil Qurbonovich” MCHJ nomiga o‘tkazilishining qonuniyligini o‘rganib, mazkur hududda uzoq yillardan buyon yashab kelayotgan fuqarolarning uy-joylari va yordamchi xo‘jaliklariga nisbatan kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishda hamda ushbu hududdagi egasiz binolarni, yerlarni va suv quvurlarini sotib yuborgan shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortishda amaliy yordam so‘ralgan.
O‘rganishda bir qator normativ hujjatlarning talablari buzilganligi aniqlanib,  “Michurin” bog‘dorchilik va uzumchilik o‘rtoqchilik uyushmasi va “Qurbonov Ismoil Qurbonovich” MCHJ o‘rtasida tuzilgan 2016-yil 9-iyun kungi topshirish-qabul qilish dalolatnomasini suda tartibida bekor qilish; Andijon shahar hokimining 2018-yil 4-avgustdagi 840-Q-son qarorini suda tartibida bekor qilish; egasiz binolarni, yerlarni va suv quvurlarini sotib yuborganlik holatlariga esa tergovga qadar tekshirish o‘tkazish orqali aniqlik kiritish; yuqoridagi huquqni belgilovchi hujjalar sud tartibida bekor qilngach “Mejkolxoz” Soveti ishchi-xizmatchilari va ularning oila a’zolariga bog‘dorchilik-uzumchilik uyushmasi tashkil etish uchun ajratib berilgan 5 gektar yer maydonda joylashgan turar joylarga bo‘lgan mulk huquqini hamda ular egallagan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini e’tirof etish masalasini O‘zbeksiton Respunlikasining O‘RQ 937-son Qonunida belgilangan tartibda ko‘rib chiqish lozimligi maʼlum qilingan.
Adliya boshqarmasi tomonidan Andijon viloyat prokuraturasining so‘roviga asosan o‘rganish yakunlari bo‘yicha ma’lumotnoma taqdim etilgan bo‘lib, mazkur ma’lumotnomda ko‘rsatilgan holatlar inobatga olingan holda Andijon shahar prokuraturasi tomonidan 2026-yil 30-iyunda mazkur fuqarolarning manfaatlarini ko‘zlab, fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritilgan.
Xozirda, fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon tumanlararo sudi tomonidan mazkur ish ko‘rib chiqilmoqda.