Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 202-10-08

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Andijon viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i

Bozarov Otabek Shavkatjonovich

Телефон:
(+99855)202-10-08

juma kuni soat 10.00 dan soat 12.00 gacha

Bozarov Otabek Shavkatjonovich – 1981-yil 13-iyunda Namangan viloyati, Pop tumanida tugʼilgan, millati oʼzbek, maʼlumoti oliy, 2003-yilda Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan.


Mehnat faoliyatini 2003-yilda Namangan viloyat adliya boshqarmasining Xorijiy investitsiyalar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni huquqiy himoya qilish bo‘limi katta maslahatchisi lavozimidan boshlagan.  2005-2009-yillarda Namangan viloyat adliya boshqarmasining Xorijiy nvestitsiyalar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni huquqiy himoya qilish bo‘limi bosh maslahatchisi, 2009-2012-yillarda Namangan viloyat adliya boshqarmasining Kadrlar bo‘yicha bosh maslahatchisi, 2012-2014-yillarda Namangan viloyat adliya boshqarmasining Xorijiy investitsiyalar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni huquqiy himoya qilish bo‘limi boshlig‘i, 2014-2018-yillarda Namangan viloyat adliya boshqarmasining Notariat, advokatura va FHDY organlari bo‘limi boshlig‘i, 2018-2019-yillarda Namangan shahar adliya bo‘limi boshlig‘i, 2019-2020-yillarda Andijon viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, 2020-2021-yillarda Andijon viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, 2021-2022-yillarda Davlat xizmatlari agentligi Andijon viloyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

Adliya vazirining buyrugʼiga asosan, O.Bozarov 2022 yil 29-aprel kunidan Andijon viloyat adliya boshqarmasi boshligʼi lavozimida ishlab kelmoqda.

Должностные обязанности

Andijon viloyat adliya boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari

Isaqov Sultonbek Maxammadovich

Телефон:
(+99855)202-10-08

dushanba, chorshanba 10.00dan 15.00gacha

Isaqov Sultonbek Maxammadovich - 1985 yil 30 aprelda Аndijon viloyat Marhamat tumanida tugʼilgan, millati oʼzbek, maʼlumoti oliy, 2007 yil Namangan davlat universitetini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2008-2009 yillarda Sud ijrochilari Andijon viloyati Marhamat tumani boʻlimi sud ijrochisi lavozimidan boshlagan. 2009-2013 yy. -Sud departamenti Andijon viloyati hududiy boshqarmasi Tashkiliy nazorat boʻyicha yetakchi inspektori 2013-2017 yy. Sud departamenti Andijon viloyati hududiy boshqarmasi Tashkiliy nazorat va tahlil boʻlimining boshligʻi 2017-2018 yy. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Marhamat tumanidagi Xalq qabulxonasi mutaxassisi 2018-2018 yy. Davlat xizmatlari agentligi Andijon viloyat hududiy boshqarmasining Davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatilishi ustidan nazorat qilish boʻlimi bosh maslahatchisi, boʻlim boshligʻi 2022-2023 yy. Andijon viloyati adliya boshqarmasi Davlat xizmatlari koʻrsatilishi ustidan nazorat qilish boʻlimi boshligʻi 2023-2024 yy. Andijon viloyati adliya boshqarmasi Davlat xizmatlari koʻrsatilishi ustidan nazorat qilish shoʻbasi boshligʻi lavozimlarida ishlagan.
Аdliya vazirining buyrugʼiga asosan, S.Isaqov 2024 yil 23 oktyabrdan Аndijon viloyat adliya boshqarmasi boshligʼining birinchi oʼrinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.

 

Должностные обязанности

Аndijon viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari

Azimov Akmaljon Baxtiyorovich

Телефон:
(+99855)202-10-08

seshanba, juma 10.00dan 15.00gacha

Azimov Akmaljon Baxtiyorovich – 1988-yil 31-martda Andijon viloyati, Baliqchi tumanida tugʼilgan, millati oʼzbek, maʼlumoti oliy, 2011-yilda Namangan davlat universitetini, 2020-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi dalat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2011-yilda Andijon viloyat Baliqchi tuman 1-son davlat notarial idorasi kotibi lavozimidan boshlagan. 2012-2014-yillarda Andijon viloyat Baliqchi tuman 2-son davlat notarial idorasi kotibi, 2014-2015-yillarda Andijon viloyat adliya boshqarmasi boshliq kotibi, 2015-2016-yillarda Andijon viloyat adliya boshqarmasi Tashkiliy-nazorat va tahlil sho‘basi yetakchi maslahatchisi, 2016-2017-yillarda Andijon viloyat adliya boshqarmasi Kadrlar bo‘yicha bosh maslaxatchisi, 2018-2022-yillarda Davlat xizmatlari agentligi Andijon viloyat hududiy boshqarmasining Davlat xizmatlari markazlari faoliyati ustidan nazorat qilish bo‘limining boshlig‘i, 2022-yilning aprel-avgust oylarida Andijon viloyat adliya boshqarmasi Inson huquqlarini himoya qilish bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

Adliya vazirining buyrugʼiga asosan, A.Azimov 2024-yil 23-oktyabrdan Andijon viloyati adliya boshqarmasi boshligʼining oʼrinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.

Должностные обязанности