Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
05.11.2021

Andijon viloyat adliya boshqarmasidagi boʻsh (vakant) lavozimlar boʻyicha EʼLON

1. Andijon tuman adliya boʻlimi yetakchi maslahatchisi 1 ta shtat.

2. Baliqchi tuman adliya boʻlimi yetakchi maslahatchisi 1 ta shtat.

3. Baliqchi tuman adliya boʻlimi bosh maslahatchisi 1 ta shtat.

4. Buloqboshi tuman adliya boʻlimi yetakchi maslahatchisi 1 ta shtat.

5. Jalaquduq tuman adliya boʻlimi yetakchi maslahatchisi 1 ta shtat.

6. Oltinkoʻl tuman adliya boʻlimi yetakchi maslahatchisi 1 ta shtat.

7. Paxtaobod tuman adliya boʻlimi yetakchi maslahatchisi 1 ta shtat.

8. Paxtaobod tuman adliya boʻlimi bosh maslahatchisi 1 ta shtat.

9. Qoʻrgʻontepa tuman adliya boʻlimi yetakchi maslahatchisi 1 ta shtat.

 

Faoliyat yoʻnalishi:

• qabul qilinayotgan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tumanlar tuzilmalaridagi ijrochilarga yetkazish, “respublika – viloyat – tuman – mahalla” prinsipi boʻyicha huquqiy targʻibot va aholining huquqiy savodsizligiga barham berish borasida, shu jumladan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi va sud organlari bilan birgalikda chora-tadbirlarni amalga oshirish;

• davlat organlari va tashkilotlari tumanlar (shaharlar) tuzilmalarining qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini taʼminlash boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish;

• huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish va tahlil qilish, uning barqarorligi va bir xilligini taʼminlash boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;

• inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, oʻz vakolati doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish.

Mehnat sharoiti va ish haqi:

• ish rejimi: besh kunlik ish haftasi, ikki kun dam olish kunlari bilan (shanba, yakshanba);

• munosib ish haqi (martaba daraja-unvon, ish staji, oylik shaxsiy ustama va boshqalar);

• xorijda malaka oshirish va stajirovka oʻtash imkoniyati;

• qonun hujjatlarida nazarda tutilgan majburiy ijtimoiy taʼminot paket;

• idoraviy tibbiy xizmat va sogʻlomlashtirish maskanidan foydalanish imkoniyati mavjud.

 

Qoʻshimcha afzalliklar:

• zamonaviy fikrlaydigan va ahil jamoa;

• davlat xizmatlarida yuqori lavozimlarga koʻtarilish imkoniyati.

 

Lavozimga qoʻyiladigan malaka va koʻnikma talablar

 

• faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha qonunchilikni bilishi;

• axborotni tahlil qila olish va umumlashtirish;

• davlat dasturi va boshqa tadbirlar rejasini amalga oshirish;

• rasmiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash;

• jamoada ishlash qobiliyatiga ega boʻlish;

• sohani va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;

• tarkibiy boʻlinma rahbari tomonidan berilgan topshiriqlarni ijro qilish;

• kommunikabillik qobiliyatiga ega boʻlish;

• huquqiy targʻibot ishlarini amalga oshiradi.

Rasmiy talablar:

 

• oliy yuridik maʼlumot;

• davlat tilini mukammal bilish, chet tillarini bilishi ijobiy qabul qilinadi;

• shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik, vijdonlilik.

 

Murojaat muddati va manzil:

•   nomzodlar 2021-yil 20-noyabrga qadar Adliya vazirligining https://vacancy.adliya.uz/ saytidan roʻyxatdan oʻtgan holda quyidagi hujjatlarni tizim orqali biriktirishlari soʻraladi.

•   shaxsiy varaqasi (Nizomning 29-ilovasiga muvofiq maʼlumotnoma-obyektivka),

•   diplom (diplomdan koʻchirma)ning nusxasi, chet elda oʻqigan boʻlsa, diplomi tan olish va nostrifikatsiyadan oʻtganligini tasdiqlovchi guvohnoma;

•   3x4 sm oʻlchamdagi rangli fotosurati;

•   fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID kartasi nusxasi;

•   nomzod boʻsh (vakant) lavozimlarga tanlov oʻtkazish haqidagi eʼlonda koʻrsatilgan lavozimlarning faqat bittasini tanlashi va tanlangan lavozim boʻyicha tanlovda ishtirok etish mumkin. Nomzod bir vaqtning oʻzida boshqa eʼlonda koʻrsatilgan lavozim boʻyicha tanlovda ishtirok etish uchun hujjat topshirishi mumkin.

 

Maʼlumot uchun telefon 74-223-48-93, 94-108-89-88).

•   Tanlov Andijon viloyat adliya boshqarmasi binosida oʻtkaziladi (manzil: Andijon shahri, Sh.Rashidov koʻchasi, 60-uy).

•   Tanlov jarayonlarini https://www.minjust.uz sayti orqali onlayn tarzda kuzatish imkoniyati mavjud.

• Ishga qabul qilish tartibi bilan https://andijon.adliya.uz/uz/ob-upravlenii/vacancy/jobs.php?ELEMENT_ID=43869 havolasi orqali, savollar roʻyxati bilan esa https://andijon.adliya.uz/uz/ob-upravlenii/vacancy/jobs.php?ELEMENT_ID=41127 havolasi orqali tanishishingiz mumkin.

•   Adliya organlari va muassasalariga ishga qabul qilish tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiya holatlari haqidagi xabarlarni Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoniga yoki @antikorbot telegram kanali orqali berishingiz mumkin.




Рўйҳатга қайтиш