Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
19.06.2024

Andijon viloyat adliya boshqarmasi tizimidagi bo‘sh (vakant) lavozimlar bo‘yicha E’LON


Davlat xoizmatlari markazi Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish xizmatlarini ko‘rsatish bo‘limi (sho‘basi) va Hujjatlarni qabul qilish va taqdim etish bo‘limi (sho‘basi) bosh, yetakchi, katta mutaxassisi lavozimlari bo‘yicha

Faoliyat yo‘nalishi:

·         yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishni ta’minlash;

·         tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazish, ruxsat berish va litsenziya tartibotlaridan o‘tishda shaffoflikni ta’minlash;

·         davlat organlari va davlat xizmatlari ko‘rsatadigan boshqa tashkilotlar bilan mustahkam o‘zaro hamkorlik o‘rnatish, tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatishda byurokratik to‘siqlarga yo‘l qo‘ymaslik;

·         tadbirkorlik sub’ektlariga axborot yordami ko‘rsatish, shu jumladan davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibi va muddatlari to‘g‘risida bepul konsultatsiyalar berish;

·         ish haftasi davomida belgilangan tartibda Davlat xizmatlari markazi axborot–kommunikatsiya tizimi, shuningdek, kompyuter qurilmalarining tanaffuzsiz ishlashini ta’minlash;

·         Davlat xizmatlari markazi xodimlarini davlat xizmatlari haqidagi ma’lumotlarni olish uchun davlat organlarining rasmiy saytlaridagi zarur axborotlar bilan tanishtirish;

·         arizachilar tomonidan navbatni kutishlari uchun navbatni boshqarish elektron tizimining uzluksiz ishlashini tashkil qilish.

 Lavozimi uchun rasmiy talab:

·         yurisprudentsiya, moliya-iqtisodiyot mutaxassisligi bo‘yicha o‘rta-maxsus ma’lumotga yoki Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazida yuridik mutaxassislik bo‘yicha qayta tayyorlash kurslarini tamomlagan va belgilangan namunadagi diplomga ega bo‘lish;

·         davlat tilini mukammal darajada bilish (rus va ingliz tillarini bilish ustunlik beradi);

·         kasbiy faoliyat maqsadlarida kompyuter tarmoqlari, internet, elektron pochta va tarmoq texnologiyasidan mustaqil foydalana olish;

·         shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik, vijdonlilik.

Mehnat sharoiti va ish haqi:

·         barcha mehnat sharoitlari yaratilgan zamonaviy idora;

·         ish rejimi: besh kunlik ish haftasi, ikki kun dam olish kunlari bilan (shanba, yakshanba);

·         oylik ish haqi lavozimga qarab;

·         qonun hujjatlarida nazarda tutilgan majburiy ijtimoiy ta’minot paketi;

·         idoraviy tibbiy xizmat va sog‘lomlashtirish maskanidan foydalanish imkoniyati mavjud.

 

Murojaat muddati va manzil:

· nomzodlar 2024-yil 19-28-iyun kuniga qadar Adliya vazirligining https://vacancy.adliya.uz/ saytidan ro‘yhatdan o‘tgan holda quyidagi hujjatlarni tizim orqali biriktirishlari so‘raladi.

· shaxsiy varaqasi (Nizomning 14-ilovasiga muvofiq ma’lumotnoma-ob’ektivka),

· diplom (diplomdan ko‘chirma)ning nusxasi, chet elda o‘qigan bo‘lsa, diplomi tan olish va nostrifikatsiyadan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnoma;

· 3x4 sm o‘lchamdagi rangli fotosurati;

· fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID kartasi nusxasi;

· nomzod bo‘sh (vakant) lavozimlarga tanlov o‘tkazish haqidagi e’londa ko‘rsatilgan lavozimlarning faqat bittasini tanlashi va tanlangan lavozim bo‘yicha tanlovda ishtirok etish mumkin. Nomzod bir vaqtning o‘zida boshqa e’londa ko‘rsatilgan lavozim bo‘yicha tanlovda ishtirok etish uchun hujjat topshirishi mumkin.

 

Ma’lumot uchun telefon 74-223-50-51 (ichki raqam 5508, 5516), 90-140-58-68).

· Tanlov Andijon viloyat adliya boshqarmasi binosida o‘tkaziladi (Manzil: Andijon shahar Sh.Rashidov ko'chasi 60-A uy., Mo'ljal: Asakabank to‘g‘risida).

· Tanlov jarayonlarini https://www.minjust.uz sayti orqali onlayn tarzda kuzatish imkoniyati mavjud.

·         Ishga qabul qilish tartibi bilan https://adliya.uz/inner-page/adliya-organ-va-muassasalariga-ishga-qabul-qi-7460 havolasi orqali,

·         savollar ro‘yxati bilan esa https://adliya.uz/inner-page/adliya-organ-va-muassasalariga-ishga-qabul-qilish- havolasi orqali tanishishingiz mumkin.

· Adliya organlari va muassasalariga ishga qabul qilish tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiya holatlari haqidagi xabarlarni Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoniga yoki @antikorbot telegram kanali orqali berishingiz mumkin.

 




Рўйҳатга қайтиш