Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 202-10-08

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
05.12.2024

Andijon viloyat adliya boshqarmasi tizimidagi bo‘sh (vakant) lavozimlar bo‘yicha E’LON

 


Adliya bo‘limi boshlig‘i lavozimi bo‘yicha:

Faoliyat yo‘nalishi:

  • tarkibiy bo‘linmalarning tegishli xujjatlarini (maʼlumotlarini) rahbarga kiritish va rahabar ko‘rib chiqqan xujjatlarni o‘z vaqtida xodimlarga etkazish;
  • rahbarning telefon orqali muloqotlarini uyushtirish, telefonogrammalarni qabul qilish va jo‘natish, u bo‘lmagan paytlarda qabul qilingan axborotlarni yozib olish va ularning mazmunini rahbarga etkazish;
  • rahbar o‘tkazadigan majlis va yig‘ilishlarni tayyorlash (zarur materiallarni to‘plash, ishtirokchilarni majlis va yig‘ilishlarning o‘tkazilish vaqti, joyi, kun tartibi bilan tanishtirish);
  • rahbariyat qabuliga kelgan jismoniy va yuridik shaxslarning qabulini uyushtirish va belgilangan tartibda rasmiylashtirish;

Lavozimi uchun rasmiy talab:

·         yurisprudentsiya mutaxassisligi bo‘yicha oliy maʼlumotga ega bo‘lish;

·         davlat tilini mukammal darajada bilish (rus va ingliz tillarini bilish ustunlik beradi);

·         shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik, vijdonlilik.

Mehnat sharoiti va ish haqi:

·         barcha mehnat sharoitlari yaratilgan zamonaviy idora;

·         ish rejimi: besh kunlik ish haftasi, ikki kun dam olish kunlari bilan (shanba, yakshanba);

·         oylik ish haqi lavozimga qarab;

·         qonun hujjatlarida nazarda tutilgan majburiy ijtimoiy ta’minot paketi;

·         idoraviy tibbiy xizmat va sog‘lomlashtirish maskanidan foydalanish imkoniyati mavjud.

 

Murojaat muddati va manzil:

· nomzodlar 2024-yil 15-dekabr kuniga qadar Adliya vazirligining https://vacancy.adliya.uz/ saytidan ro‘yhatdan o‘tgan holda quyidagi hujjatlarni tizim orqali biriktirishlari so‘raladi.

· shaxsiy varaqasi (Nizomning 14-ilovasiga muvofiq ma’lumotnoma-ob’ektivka),

· diplom (diplomdan ko‘chirma)ning nusxasi, chet elda o‘qigan bo‘lsa, diplomi tan olish va nostrifikatsiyadan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnoma;

· 3x4 sm o‘lchamdagi rangli fotosurati;

· fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID kartasi nusxasi;

· nomzod bo‘sh (vakant) lavozimlarga tanlov o‘tkazish haqidagi e’londa ko‘rsatilgan lavozimlarning faqat bittasini tanlashi va tanlangan lavozim bo‘yicha tanlovda ishtirok etish mumkin. Nomzod bir vaqtning o‘zida boshqa e’londa ko‘rsatilgan lavozim bo‘yicha tanlovda ishtirok etish uchun hujjat topshirishi mumkin.

 

Ma’lumot uchun telefon 55-202-10-8 (ichki raqam 5508, 5516), 94-683-51-23).

· Tanlov Andijon viloyat adliya boshqarmasi binosida o‘tkaziladi (Manzil: Andijon shahar Sh.Rashidov ko'chasi 60-A uy., Mo'ljal: Asakabank to‘g‘risida).

· Tanlov jarayonlarini https://www.minjust.uz sayti orqali onlayn tarzda kuzatish imkoniyati mavjud.

·         Ishga qabul qilish tartibi bilan https://adliya.uz/inner-page/adliya-organ-va-muassasalariga-ishga-qabul-qi-7460 havolasi orqali,

·         savollar ro‘yxati bilan esa https://adliya.uz/inner-page/adliya-organ-va-muassasalariga-ishga-qabul-qilish- havolasi orqali tanishishingiz mumkin.

· Adliya organlari va muassasalariga ishga qabul qilish tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiya holatlari haqidagi xabarlarni Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoniga yoki @antikorbot telegram kanali orqali berishingiz mumkin.


Рўйҳатга қайтиш