Andijon viloyat adliya boshqarmasi tizimidagi bo‘sh (vakant) lavozimlar bo‘yicha E’LON
.png)
FHDY bo‘limi 2-toifali inspektori lavozimi bo‘yicha:
Faoliyat yo‘nalishi:
· jismoniy va yuridik shaxslarga fuqarolik holatlari dalolatnomalarini qayd etish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish;
· fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlariga o‘zgartirish, tuzatish va qo‘shimchalar kiritish;
· fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarining hisobini yuritish;
· fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini va qonunda belgilangan boshqa hujjatlarni saqlanishini ta’minlash;
· fuqarolarga (o‘zlariga nisbatan tuzilgan dalolatnoma yozuvlari bo‘yicha) fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari qayd qilinganligi haqida guvohnomalar, zarur hollarda takroriy guvohnomalar va ma’lumotnomalar berish.
Lavozimi uchun rasmiy talab:
- huquqshunoslik bo‘yicha oliy yoki o‘rta ma’lumotga ega bo‘lish yoxud Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazining oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslarini tugatgan va belgilangan namunadagi diplom ega bo‘lish;
- davlat tilini mukammal darajada bilish (rus va ingliz tillarini bilish ustunlik beradi);
· shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik, vijdonlilik
FHDY bo‘limi ish yurituvchisi lavozimi bo‘yicha:

Ish yurituvchi lavozimi uchun rasmiy talablar:
- huquqshunoslik bo‘yicha oliy yoki o‘rta ma’lumotga ega bo‘lish yoxud Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazining oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslarini tugatgan va belgilangan namunadagi diplom ega bo‘lish;
- davlat tilini mukammal darajada bilish (rus va ingliz tillarini bilish ustunlik beradi);
- shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik, vijdonlilik.
Boshqarma huzuridagi notarial arxiv ish yurituvchisi lavozimi bo‘yicha:
Faoliyat yo‘nalishi:
· notarial arxivda arxiv ishini tashkil etishda ko‘maklashadi;
· davlat notarial idoralarining arxiv hujjatlarini qabul qiladi, ro‘yxatga oladi, saqlaydi va ulardan foydalanishni ta’minlaydi;
· boshqarma boshlig‘i topshirig‘iga ko‘ra, yig‘ilish va anjumanlarda qatnashadi;
· notarial arxivda ish yuritish hujjatlari va materiallarining but saqlanishini ta’minlaydi;
· notarial arxiv xodimlari tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlarining odob-axloq Qoidalari”da belgilangan kasbiy burchlari va adliya organlari xodimlariga qo‘yiladigan talablarga, shuningdek, “Ichki mehnat tartibi qoidalari”ga qat’iy rioya qilinishini ta’minlaydi;
· o‘ziga biriktirilgan mebel va kompyuter texnik jihozlari yaroqliligi borasida shaxsan javobgar hisoblanadi;
· xavfsizlik va texnik qoidalarini nazorat qilib favqulodda holatlar sodir etilishi oldini olish choralarini ko‘radi.
Lavozimi uchun rasmiy talab:
- oliy yoki o‘rta ma’lumotga ega bo‘lish;
- davlat tilini mukammal darajada bilish (rus va ingliz tillarini bilish ustunlik beradi);
· shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik, vijdonlilik
Mehnat sharoiti va ish haqi:
· barcha mehnat sharoitlari yaratilgan zamonaviy idora;
· ish rejimi: besh kunlik ish haftasi, ikki kun dam olish kunlari bilan (shanba, yakshanba);
· oylik ish haqi lavozimga qarab;
· qonun hujjatlarida nazarda tutilgan majburiy ijtimoiy ta’minot paketi;
· idoraviy tibbiy xizmat va sog‘lomlashtirish maskanidan foydalanish imkoniyati mavjud.
Murojaat muddati va manzil:
· nomzodlar 2024-yil 2-noyabr kuniga qadar Adliya vazirligining https://vacancy.adliya.uz/ saytidan ro‘yhatdan o‘tgan holda quyidagi hujjatlarni tizim orqali biriktirishlari so‘raladi.
· shaxsiy varaqasi (Nizomning 14-ilovasiga muvofiq ma’lumotnoma-ob’ektivka),
· diplom (diplomdan ko‘chirma)ning nusxasi, chet elda o‘qigan bo‘lsa, diplomi tan olish va nostrifikatsiyadan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnoma;
· 3x4 sm o‘lchamdagi rangli fotosurati;
· fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID kartasi nusxasi;
· nomzod bo‘sh (vakant) lavozimlarga tanlov o‘tkazish haqidagi e’londa ko‘rsatilgan lavozimlarning faqat bittasini tanlashi va tanlangan lavozim bo‘yicha tanlovda ishtirok etish mumkin. Nomzod bir vaqtning o‘zida boshqa e’londa ko‘rsatilgan lavozim bo‘yicha tanlovda ishtirok etish uchun hujjat topshirishi mumkin.
Ma’lumot uchun telefon 55-202-10-08 (ichki raqam 5508, 5516), 94-683-51-23).
· Tanlov Andijon viloyat adliya boshqarmasi binosida o‘tkaziladi (Manzil: Andijon shahar Sh.Rashidov ko'chasi 60-A uy., Mo'ljal: Asakabank to‘g‘risida).
· Tanlov jarayonlarini https://www.minjust.uz sayti orqali onlayn tarzda kuzatish imkoniyati mavjud.
· Ishga qabul qilish tartibi bilan https://adliya.uz/inner-page/adliya-organ-va-muassasalariga-ishga-qabul-qi-7460 havolasi orqali,
· savollar ro‘yxati bilan esa https://adliya.uz/inner-page/adliya-organ-va-muassasalariga-ishga-qabul-qilish- havolasi orqali tanishishingiz mumkin.
· Adliya organlari va muassasalariga ishga qabul qilish tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiya holatlari haqidagi xabarlarni Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoniga yoki @antikorbot telegram kanali orqali berishingiz mumkin.