Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 202-10-08

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
23.01.2025

Andijon viloyat adliya boshqarmasi tizimidagi bo‘sh (vakant) lavozimlar bo‘yicha E’LON

 


Davlat xizmatlari markazi hisoblash texnikasi operatori lavozimi bo‘yicha:

Faoliyat yo‘nalishi:

  • banklar va kredit byurolari, ularning filial va vakolatxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlik subʼektlarini davlat roʼyxatidan oʼtkazish ishlarini tashkillashtirishda markaz xodimlariga koʼmaklashish;
  • ariza beruvchilarning vakolatli organlar bilan kontaktsiz oʼzaro hamkorlik qilishini taʼminlash;
  • arizalarning vakolatli organlarga ular boʼyicha qaror qabul qilish
  • va ularni tegishli ravishda rasmiylashtirish uchun oʼz vaqtida berilishini taʼminlash;
  • serverlar va ishchi stantsiyalarga tarmoqlararo dasturiy taʼminotini oʼrnatish va serverdagi tizimni konfiguratsiyalash;
  • fayl-serverlar, maʼlumotlar bazasini boshqarish tizimi serverlari
  • va kompyuterlardagi (ishchi stantsiya) dasturiy taʼminotni integratsiyalash (oʼzaro bogʼlash)ni taʼminlash;
  • serverlar va ishchi stantsiyalar dasturiy taʼminotining yaroqligini taʼminlash;
  • foydalanuvchilarni roʼyxatdan oʼtkazish, identifikator va parollarni berish.

Lavozimi uchun rasmiy talab:

  • axborot kommunikastsiya texnologiyalari mutaxassisligi bo‘yicha o‘rta-maxsus ma’lumotga va belgilangan namunadagi diplomga ega bo‘lish;
  • davlat tilini mukammal darajada bilish (rus va ingliz tillarini bilish ustunlik beradi);

·         shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik, vijdonlilik

Mehnat sharoiti va ish haqi:

·         barcha mehnat sharoitlari yaratilgan zamonaviy idora;

·         ish rejimi: besh kunlik ish haftasi, ikki kun dam olish kunlari bilan (shanba, yakshanba);

·         oylik ish haqi lavozimga qarab;

·         qonun hujjatlarida nazarda tutilgan majburiy ijtimoiy ta’minot paketi;

·         idoraviy tibbiy xizmat va sog‘lomlashtirish maskanidan foydalanish imkoniyati mavjud.

 

Murojaat muddati va manzil:

· nomzodlar 2025-yil 2-fevral kuniga qadar Adliya vazirligining https://vacancy.adliya.uz/ saytidan ro‘yhatdan o‘tgan holda quyidagi hujjatlarni tizim orqali biriktirishlari so‘raladi.

· shaxsiy varaqasi (Nizomning 14-ilovasiga muvofiq ma’lumotnoma-ob’ektivka),

· diplom (diplomdan ko‘chirma)ning nusxasi, chet elda o‘qigan bo‘lsa, diplomi tan olish va nostrifikatsiyadan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnoma;

· 3x4 sm o‘lchamdagi rangli fotosurati;

· fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID kartasi nusxasi;

· nomzod bo‘sh (vakant) lavozimlarga tanlov o‘tkazish haqidagi e’londa ko‘rsatilgan lavozimlarning faqat bittasini tanlashi va tanlangan lavozim bo‘yicha tanlovda ishtirok etish mumkin. Nomzod bir vaqtning o‘zida boshqa e’londa ko‘rsatilgan lavozim bo‘yicha tanlovda ishtirok etish uchun hujjat topshirishi mumkin.

 

Ma’lumot uchun telefon 55-202-10-08 (ichki raqam 5508, 5516).

· Tanlov Andijon viloyat adliya boshqarmasi binosida o‘tkaziladi (Manzil: Andijon shahar Sh.Rashidov ko'chasi 60-A uy., Mo'ljal: Asakabank to‘g‘risida).

· Tanlov jarayonlarini https://www.minjust.uz sayti orqali onlayn tarzda kuzatish imkoniyati mavjud.

·         Ishga qabul qilish tartibi bilan https://adliya.uz/inner-page/adliya-organ-va-muassasalariga-ishga-qabul-qi-7460 havolasi orqali,

·         savollar ro‘yxati bilan esa https://adliya.uz/inner-page/adliya-organ-va-muassasalariga-ishga-qabul-qilish- havolasi orqali tanishishingiz mumkin.

· Adliya organlari va muassasalariga ishga qabul qilish tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiya holatlari haqidagi xabarlarni Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoniga yoki @antikorbot telegram kanali orqali berishingiz mumkin.


Рўйҳатга қайтиш