Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 202-10-08

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
17.03.2026

Andijon viloyat adliya boshqarmasi tizimidagi bo‘sh (vakant) lavozimlar bo‘yicha E’LON

 

 


Shahrixon tuman adliya bo‘limi Inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo‘llash amaloiyotini o‘rganish bo‘linmasi bosh maslahatchisi lavozimi bo‘yicha:

Faoliyat yo‘nalishi:

·                    hokimlarga hamda davlat organlari va tashkilotlarining tumanlar (shaharlar) tuzilmalariga qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni qo‘llash masalalari bo‘yicha maslahatlar berish;

·                    davlat organlari va tashkilotlari tuman (shahar) tuzilmalarining qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini tashkil etish bo‘yicha faoliyatiga uslubiy rahbarlik qilish va muvofiqlashtirish;

·                    tumanlar (shaharlar) hokimlari va xalq deputatlari Kengashlarining normativ-huquqiy tusdagi qarorlarini qonun hujjatlariga, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalariga muvofiqligi nuqtai nazaridan huquqiy ekspertizadan o‘tkazish;

·                    huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish va tahlil qilish, uning barqarorligi va bir xilligini ta’minlash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;

·                    fuqarolarning kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni tahlil qilib borish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi qonun hujjatlari takomillashtirilishini ta’minlash;

·                    inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, o‘z vakolatlari doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish;

·                    davlat xizmatlari markazlari va ularning filiallari, FHDYo organlari hamda yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyati ustidan umumiy rahbarlik va nazoratni amalga oshirish;

Lavozimi uchun rasmiy talab:

·                    yurisprudentsiya mutaxassisligi bo‘yicha oliy maʼlumotga ega bo‘lish;

·                    davlat tilini mukammal darajada bilish (rus va ingliz tillarini bilish ustunlik beradi);

·                    shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik, vijdonlilik.

Mehnat sharoiti va ish haqi:

·                    barcha mehnat sharoitlari yaratilgan zamonaviy idora;

·                    ish rejimi: besh kunlik ish haftasi, ikki kun dam olish kunlari bilan (shanba, yakshanba);

·                    oylik ish haqi o‘rtacha – 7.500.000 so‘m;

·                    qonun hujjatlarida nazarda tutilgan majburiy ijtimoiy ta’minot paketi;

·                    idoraviy tibbiy xizmat va sog‘lomlashtirish maskanidan foydalanish imkoniyati mavjud.

 

Ma’lumot uchun telefon 55-202-10-8 (ichki raqam 5508, 5516).


Рўйҳатга қайтиш