Andijon viloyat adliya boshqarmasi tizimidagi bo‘sh (vakant) lavozimlar bo‘yicha E’LON

Shahrixon tuman adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti:
Faoliyat yo‘nalishi:
· yuridik xizmat ko‘rsatiladigan davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini huquqiy jihatdan ta’minlash;
· davlat tashkilotlariga sifatli va malakali yuridik yordam ko‘rsatish;
· davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish;
· davlat tashkilotlarining mulkiy hamda boshqa huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘z vaqtida, har tomonlama va samarali himoya qilinishini ta’minlash;
· davlat tashkilotlari tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning qonuniy hamda har tomonlama puxta va sifatli bo‘lishini ta’minlash.
Lavozimi uchun rasmiy talab:
· yurisprudentsiya mutaxassisligi bo‘yicha oliy ma’lumotga yoki Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazida yuridik mutaxassislik bo‘yicha qayta tayyorlash kurslarini tamomlagan va belgilangan namunadagi diplomga ega bo‘lish;
· davlat tilini mukammal darajada bilish (rus va ingliz tillarini bilish ustunlik beradi);
· shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik, vijdonlilik.
Mehnat sharoiti va ish haqi:
· barcha mehnat sharoitlari yaratilgan zamonaviy idora;
· ish rejimi: besh kunlik ish haftasi, ikki kun dam olish kunlari bilan (shanba, yakshanba);
· oylik ish haqi o‘rtacha - 7.500 000 so‘m;
· qonun hujjatlarida nazarda tutilgan majburiy ijtimoiy ta’minot paketi;
· idoraviy tibbiy xizmat va sog‘lomlashtirish maskanidan foydalanish imkoniyati mavjud.
Ma’lumot uchun telefon 55-202-10-08 (ichki raqam 5508, 5516).