Yangiliklar
2022-yilning 30-avgust kuni maktab pedagogik jamoasiga tugatilganligi toʻgʻrisida ogohlantirish xatlari berilgan. Biroq ushbu ogohlantirish xatida maʼmuriyat tomonidan hech qanday ish taklif etilmagan, shuningdek qonunchilikdagi belgilangan ikki oylik kompensatsiya hamda foydalanilmagan mehnat taʼtili pullari toʻlab berilmagan.
Shahrixonlik Kumushxon aya Nishonova yaqinda oʻzining 68 yoshini qarshilaydi. Oʻn toʻrt yildan buyon farzandlariyu nabiralariga bosh-qosh boʻlib kelmoqda. Nabiralari bilan band boʻlib, tashvishu gʻamlari boshidan arigan Kumushxon ayani ancha vaqtdan buyon davlat idoralariga ishi tushmagan edi. Qarangki, bir-ikki oy avval Kumushxon ayaga dabdurustdan pensiya berish toʻxtab qoldi. Shunda farzandlarini nega bunday boʻlganini oʻrganishga harakat qilishdi. Soʻrab surishtiruvlar davomida
Hakamlar hayʼatining yakuniy xulosalariga koʻra, Fuqarolik ishlari boʻyicha namunaviy sud protsessida Andijon viloyati yuridik texnikumining “World Managers” jamoasi ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritib, diplom hamda Adliya vazirligining 8 million soʻmlik pul mukofoti bilan taqdirlandilar.
Tadbir doirasida 2022-yilda faol ishlagan, xalqqa eng yaqin boʻlgan, aholining talab va istaklarini amalga oshirishda yetakchi boʻlgan Davlat xizmatlari markazlari xodimlari aniqlanib, ularga vazirlikning esdalik sovgʻalari topshirildi.
Toshkent viloyatida joylashgan “Olmos” konvension markazida Adliya vazirligi yuridik texnikumlari oʻquvchilari oʻrtasida «Jinoyat va fuqarolik ishlari boʻyicha namunaviy sud protsessi” tanlovining respublika bosqichi oʻtkazilmoqda.<br>
Ushbu tanlovda Andijon viloyati yuridik texnikumining “World Managers” jamoasi ham ishtirok etmoqda.
Gulzira Madaminova Andijon shahar adliya boʻlimiga murojaat qilib, institut tomonidan ustama hamda ragʻbatlantiriluvchi toʻlovlar toʻlanmayotganligidan noroziligini bildirgan.
Oʻrganish davomida haqiqatan ham G.Madaminovaga oktyabr-noyabr oylari davomida jami 3 575 392 soʻm ustama pullari toʻlab berilmaganligi aniqlandi.
Maʼlumot uchun «Mobile-ID» – bu elektron raqamli imzo talab etilmasdan, barcha turdagi mobil qurilmalar orqali davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini yaratuvchi tizim hisoblanadi.
Mobil-ID tizimi orqali davlat xizmatlaridan foydalanish boʻyicha berilgan arizalar mavjud identifikatsiya tizimlari vositasida hamda anʼanaviy shaklda berilgan arizalar bilan bir xil ahamiyatga ega.
Andijon shahridagi “Maʼrifat uyi”da viloyat adliya boshqarmasi hamda Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi viloyat boʻlinmasi hamkorligida “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlashda jamoat tashkilotlarining roli” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.
Unda viloyatda faoliyat yuritayotgan Nodavlat notijorat tashkilotlarining ayol rahbar va xodimlari ishtirok etdi.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-avgustdagi hamda 2021-yil 31-avgustdagi qarorlari bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentlari ijrosi xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar tomonidan qanday taʼminlanayotganini nazorat qilish hamda qonunbuzilish holatlariga barham berish maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Andijon filiali hamda uning tumanlardagi elektr taʼminoti korxonalarida “sirli mijoz” monitoring tadbirlari oʻtkazildi.
Tadbirlar davomida fuqarolardan ortiqcha hujjatlar talab qilish, ularni xizmat koʻrsatish jarayonlariga jalb qilish va ortiqcha toʻlovlar soʻrash kabi holatlar aniqlandi.